1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda tabiiy ofatlar bartaraf etilmoqda

Joriy yilning 20 iyul kuni Namangan viloyati hududida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida Namangan shahar, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on hamda Uychi tumanlarining ayrim mahallalarida aholi yashash xonadonlari, ko‘chalarga suv toshish holatlari kuzatilgan.

Namanganda tabiiy ofatlar bartaraf etilmoqda

 

 

Ayni vaqtda Namangan viloyat hokimi hamda sektor rahbarlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda texnika vositalari va qutqaruv otryadlari jalb etilib, yuzaga kelgan holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 

Bundan tashqari yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sodir bo‘lgan suv sel toshqini natijasida aholi yashash xonadonlarida to‘planib qolgan suvlarni tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Hodisa joylariga maxsus avtomobillar va xizmatchilar yong‘in qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi shu bilan birga hamkor tashkilotlardan 80 ta texnika va 584 nafar ishchi xodimlari jalb etildi.

 

 

Namangan shahar Yuksalish MFYda joylashgan 4,5,6,-ko‘p qavatli uylarni yer to‘lasida suv to‘planganligi sababli ko‘p qavatli uyda yashovchi 100 nafar fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilinib, yer to‘ladagi to‘planib qolgan suvlarni 4 ta yong‘in qutqaruv avtomobili va 8 ta suv tortish nasoslari (motopompa) orqali tortish choralari ko‘rildi. Shu bilan bir qatorda Namangan shahar Davlatabod tumani Yelixon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Shishaki soy yaqinida joylashgan 7 ta xonadondagi 32 nafar fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. 

Shuningdek, Pop tumani, Imomota mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel kelishi kuzatilgan.

Sel toshqini oqibatida zararlangan yo‘llarda qayta taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика