1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda tibbiyotni yaxshilashga qaratilgan rejalar e‘lon qilindi

O‘zLiDep partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Miromonovich Miziyoyev Namangan shahridagi saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tibbiyotni rivojlantirish uchun tuzilgan rejalar haqida gapirib o‘tdi.

Namanganda tibbiyotni yaxshilashga qaratilgan rejalar e‘lon qilindi

 

- Kelgusi ikki yilda 17 ta mahallada oilaviy shifokorlik punktlari hamda Namangan shahrida 5 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

- Qon bosimi va onkologik kasalliklarini davolash uchun, aholiga eng zarur dori vositalari bepul yetkaziladi.

- Buyrak kasalliklarini erta aniqlash maqsadida, barcha birlamchi tibbiyot muassasalari ekspress-test vositalari bilan taʼminlanadi.

- Onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun, 45 yoshdan oshgan 210 ming ayol har yili skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi.

- Uychi, Yangiqo‘rg‘on va Chustda 3 ta tumanlararo perinatal markazlar tashkil qilinadi.

- Uchqo‘rg‘on va Popda 2 ta o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularda gemodializ xizmati ham ko‘rsatiladi.

Shuningdek, har yili 430 ming nafar bolalar va homilador ayollar vitaminlar bilan bepul taʼminlanadi.

- Kosonsoy, Norin, Pop, Uchqo‘rg‘on, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on va Chortoqda urologiya va endokrinologiya yo‘nalishlari bo‘yicha; Uchqo‘rg‘on, Norin, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on, Namangan, Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoyda nevrologiya va endokrinologiya yo‘nalishlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashgan markazlar viloyat filiallarining tumanlararo bo‘limlari tashkil qilinadi.

- Yangiqo‘rg‘on, Davlatobod tumanlari tibbiyot birlashmalari laparoskopik uskunalar bilan taʼminlanib, kaminvaziv operatsiyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

- Aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi.

- 350 nafar tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj. Ularni bepul davolash yo‘lga qo‘yilib, bunga 14 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

-Yuqori texnologik, murakkab jarrohlik operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish uchun Kardiologiya markazining Namangan filiali 9 million yevrolik tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

- Travmatologiya va ortopediya markazining Namangan filialiga yangi bino ajratiladi va moddiy texnik-bazasini yaxshilashga 21 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

- Namangan shahrida xalqaro universitet va zamonaviy klinikadan iborat Tibbiyot klasteri tashkil etiladi.

 

Avvalroq, Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni sanab o`tganini xabar qilgangan edik.
 



Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика