1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Konsalting firma rahbari va ish yurituvchisi fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya va Latviyaga yuborishni vaʼda qilgan.

Namanganda xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

 

Oʻzbekistonda noqonuniy migratsiya bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar oʻtkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida Namangan shahrida faoliyat yurituvchi konsalting firma rahbari 2001-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan. Mazkur xizmat evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilinib, oldindan 1,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, Namangan shahridae faoliyat olib boruvchi yana bir konsalting firma ish yurituvchisi ham fosh etildi. U oʻz tanishlari orqali Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaroni Latviya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilib, 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi.

 

Hozirgi vaqtda har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика