1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda yana YPX xodimi mashina urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Uni haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, tajribasiz haydovchi urib ketgan.

Namanganda yana YPX xodimi mashina urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Kecha, 25-noyabr kuni Namanganda sodir bo‘lgan YTH natijasida Navoiy viloyati YHXB xodimi vafot etdi. Bu haqida YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, voqea soat 19:55 larda Yangi Namangan tumani I.Karimov ko‘chasida yuz bergan. 2007 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchi Onix rusumli avtomobilni katta tezlikda boshqarib, tajribasizligi va qoidalarni bilmasligi sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi avtomobilni noto‘g‘ri quvib o‘tayotganda oldindagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimi Doniyor Nurilloyevni urib yuborgan.

 

Hodisa natijasida xodim olgan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, YPX xodimi Doniyor Nurilloyev Yangi Namangan tumanida joylashgan IIVning gospitaliga davolanish uchun borgan.

 

“Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, yo‘l harakati qoidalarini bilmaydigan, tajribasiz va masʼuliyatsiz haydovchi sababli biz yana bir xodimdan ayrildik.

 

IIV JXD YHXX rahbariyati va shaxsiy tarkibi xodimning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика