Ertaga, 24-apreldan boshlab Namangan shahrining ayrim ko‘chalarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida sinov tariqasida transport vositalari uchun bir tomonlama harakat yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat IIB YHXB maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, N. Nomongoniy va B. Mashrab ko‘chalari kesishgan chorrahadan N. Nomongoniy va Ibrat ko‘chalari kesishgan chorrahagacha, N. Nomongoniy va Ibrat ko‘chalari kesishmasidan Ibrat ko‘chasining Hamrox ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha hamda Hurriyat ko‘chasida harakat bir tomonlama etib belgilangan.
Bu harakat vaqtincha sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Agarda o‘ylangan reja amalga oshsa, yaʼni tirbandliklar oldi olinsa, doimiy shunday harakat saqlanib qoladi.


