1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Namanganlik yigit Tojikistondagi avtohalokatda vafot etdi

U Mercedes-Benz bilan katta tezlikda harakatlangan va temiryo‘l to‘sig‘iga urilgan.

Namanganlik yigit Tojikistondagi avtohalokatda vafot etdi

 

Tojikistonda sodir bo‘lgan dahshatli yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sputnik» nashri yozmoqda.

 

Voqea Zarafshon mikrorayonidan o‘tuvchi Zarnisor ko‘chasi chorrahasida (Dushanbe) sodir bo‘lgan.

 

O‘zbekistonlik haydovchi katta tezlikda temiryo‘l to‘sig‘iga urilgan. Oqibatda mashina ikki qismga bo‘linib ketgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa 17 martdan 18 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Aniqlanishicha, Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, oqibatda u voqea joyida vafot etgan.

 

Dushanbe ichki ishlar vazirligi marhumning shaxsini aniqlagan — u O‘zbekiston fuqarosi, Namangan viloyatida yashovchi 23 yoshli yigit bo‘lgan.

 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика