Maxsus ruknlar

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

 

Dunyo yetakchilari asosan, qanday tarmoqlardan foylanadi? Ularning "podpischik"lari qancha? Qiziqarli siyosat sahifasining bu galgi sonida internetda ham faol rahbarlar haqida maʼlumot beramiz.

 

Kepios raqamli konsalting firmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qariyb 5 milliard odam yoki dunyo aholisining 60,6 foizi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi hisoblanadi.

 

O‘rtacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi yettita platformaga ulangan, ulardan eng ommaboplari — WhatsApp, Instagram, X, Facebook va Telegram. Hatto, bu tarmoqlar dunyo yetakchilarini ham, allaqachon, o‘z “qarmog‘iga ilintirib” ulgurgan. Qiziqarli siyosat sahifasining bu galgi sonida internetda faol bo‘lgan siyosatchilar haqida maʼlumot beramiz.

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

Kepios o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, tarmoqlarda eng ko‘p kuzatilgan siyosatchilardan bir — Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi. Uning X (sobiq Twitter)da 91,6 million obunachisi bor: World of Statistics maʼlumotlariga ko‘ra, Modining internetdagi sahifalari eng ko‘p kuzatuvchiga ega akkauntlar orasida 8-o‘rinda turadi. Modi Instagram‘da ham juda faol. Uni 78,6 million odam kuzatadi.  Facebook‘da esa 48 million obunachisi bor.

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

AQSH prezidenti Jo Bayden keksa bo‘lishiga qaramay, uni Facebook, X va Instagram‘da bir emas ikkitadan akkaunti bor. Amerika yetakchisining Facebook sahifalarini 11 million, X‘ini 33,2 (37,4) million kishi kuzatadi. Ammo Bayden Instagram‘da uncha faol emas – 19,6 (17,4) million obunachiga ega.

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Instagram‘da katta auditoriyaga ega. Uning 55,1 million obunachisi bor. Xda uni  20 million, Facebook‘da esa 10 million “podpischigi” bor.

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilarUkraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Instagram‘dagi eng katta auditoriyaga ega obunachilardan. Uni ayni paytda 16,9 million muxlisga ega. Bundan tashqari, Ukraina yetakchisini 7,3 million Xda, 3,2 million Facebook foydalanuvchisi kuzatib bormoqda. Shuningdek, Zelenskiy Telegram‘da ham juda faol. 

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni esa Xda 87,3 million, Facebook‘da 34 million, Instagram‘da 23, 4 million odam kuzatadi.

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilarBraziliya prezidenti Luis Ignasio Lulu da Silvaning Instagram‘i ham uning boshqa ijtimoiy tarmoqlariga qaraganda mashhurroq – 13 million obunachiga ega. Shuningdek, uning Xda 8,1 million, Facebook‘da 5,6 million obunachisi bor.

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilarMeksika prezidenti Andres Manuel ayni vaqtda Facebook‘da 4,9 million, Xda 10,1 million, Instagram‘da 1,3 million odamning diqqat markazida.

 

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Xda 9,4 million, Telegram‘da 20,8 ming, Facebook‘da 4,7 million, Instagram‘da 3,2 million obunachisi bor.

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilarRishi Sunakning Xda 2,1 million va Instagram‘da 2,3 million obunachisi bor. Facebook‘da esa uni atigi 0,5 million foydalanuvchisi bor xolos.

 

 

 

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari ham zamon bilan hamnafas. Ular ham faoliyatini doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarga joylab boradi. Odatda, ularning rasmiy sahifalarini matbuot kotiblari yuritadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlar eng ko‘p obunachiga ega siyosatchi hisoblanadi. Xususan, Davlat rahbari Telegram‘da 172,6 ming, Facebook‘da 386 ming, Instagram‘da 4,7 million, Xda esa 140,7 ming obunachiga ega.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish