1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NASA roveri Mars tuprog‘ining ikkinchi namunasini qazib oldi

Rover AQSH milliy aeronavtika va kosmik maʼmuriyatining “Qatʼiylik” tadqiqot missiyasi doirasida Mars tuprog‘ining ikkinchi namunasini qazib oldi. Bu haqda NASA Twitter‘dagi sahifasida maʼlum qildi.

NASA roveri Mars tuprog‘ining ikkinchi namunasini qazib oldi

 

 

"Bugun omadli kun bo‘ldi. Rover Qizil sayyoraning ikkinchi prototipini muvaffaqiyatli qazib oldi", — deyiladi agentlik xabarida.

 

Guruh tadqiqotchilari 2021 yil 8 sentyabrda qurilma bir hafta ichida ikkita tuproq namunasini qazib olish imkoniyatiga ega ekani haqida xabar bergan edi.

 

 

Roverning 43 ta titan naychasi tuproq namunasini saqlash imkoniga ega. Ikki metrli robot qo‘lining oxirida bir vaqtning o‘zida sirtni burg‘ulash va namuna olish moslamasi, shuningdek, bo‘sh yadro mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, roverning Qizil sayyora yuzasidan tuproq namunalarini olish bo‘yicha birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz tugagan.

 

“Qatʼiylik” missiyasi doirasida qurilma tomonidan olinadigan Mars jinslari namunalarini 2026 yilda 40 ta maxsus konteynerga joylashtirish ko‘zda tutilgan. Ular taxminan 2030 yilda o‘rganish uchun Yerga yuborilishi kerak.

 

NASA roveri Marsda hayot izlarini qidirmoqda.

 

Avvalroq Mars sayyorasidan tuproqning birinchi namunasi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика