Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yaqin hamkorlik qilgani sababli ko‘plab moliyaviy yo‘qotishlarga uchragan edi. Ammo bu yo‘qotishlar o‘zini oqlashi mumkin – Trampning yangi ma’muriyati taniqli tadbirkorni milliardlab dollarlik davlat kontraktlari bilan taqdirlashga tayyor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, SpaceX allaqachon AQSh hukumati bilan 22 milliard dollarlik shartnomalarga ega. Boshqa xabarlarda esa Maskning kompaniyalari davlatdan 38 milliard dollarlik subsidiya, kredit va soliq imtiyozlari olganini ta’kidlaydi.
Pentagon SpaceX raketalaridan butun dunyo bo‘ylab harbiy yuklarni tez yetkazib berish vositasi sifatida foydalanmoqchi.
Tramp ma’muriyati Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti orqali keng polosali internetni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kontraktning qiymati 45 milliard dollar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, AQSh Savdo vazirligi ushbu loyihani qishloq hududlarini rivojlantirish dasturiga kiritmoqchi.
SpaceX Pentagonga yangi raketa uchirish maydonchalarini qurish va harbiy bazalardan uchish sonini oshirish bo‘yicha takliflar berdi. Canaveral kosmodromidan Falcon 9 raketalarining uchirilish soni ikki baravar oshib, yilda 120 ta reysga yetishi rejalashtirilgan.
Endi Mask NASAga bosimni kuchaytirib, agentlikni Marsga e’tiborni qaratishga undamoqda. Uning maqsadi – yangi davlat kontraktlarini qo‘lga kiritish va insoniyatni tarixda ilk bor qizil sayyoraga yetkazish.


