
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, Qarshi jamoasi hozirgi bosqichga qadar 100 ming AQSH dollari ishlab oldi. "Nasaf" OFK kubogining keyingi bosqichida Gonkongning "Li Man" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin 20 oktyabr kuni Qarshi shahrida o‘tkaziladi. Qarshiliklar ushbu raqibni mag‘lub etsa, finalchi sifatida 750 ming AQSH dollariga ega bo‘ladi.
Finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun Bahraynning "Al Muharraq" hamda Kuvaytning "Kuvayt SK2 klubi maydonga tushadi. "Nasaf" "Li Man” klubi ustidan g‘alaba qozonsa, hal qiluvchi uchrashuvni 5 noyabr kuni ushbu juftlik g‘olibiga qarshi o‘tkazadi. G‘olib bo‘lgan jamoa 1 yarim million AQSH dollari miqdorida mukofot sohibi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Nasaf" "Mohun Bagan" klubini 6:0 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.
Jamshidbek Amirov


