1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO afg‘on qochqinlariga yordam berish maqsadida maxsus kuchlarni safarbar qildi

NATO afg‘on qochqinlariga yordam berish maqsadida shoshilinch chora ko‘rish kuchlarini ishga soldi.

NATO afg‘on qochqinlariga yordam berish maqsadida maxsus kuchlarni safarbar qildi

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, alyans shu maqsadda 300 nafar harbiyni safarbar qilgan. Ular qochqinlarni vaqtinchalik joylashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu tadbirga NATO shtabining boshqa yuzlab xizmatchilari ham jalb qilingan.

 

Tashkilot xodimlari, eng avvalo, G‘arb bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar va ularning oila aʼzolariga yordam ko‘rsatadi. Ularning soni taxminan 1.4 ming kishini tashkil etadi. Bu turdagi qochqinlar uchun Kosovo va Polshada vaqtinchalik turar joylar qurilgan.

 

NATO shoshilinch chora ko‘rish kuchlarini so‘nggi bor 2005 yilda AQSHdagi “Katrina” to‘foni va Pokistonda zilzila ro‘y berganda safarbar qilgan edi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” Kobul shahrini egalladi. AQSH harbiylari 31 avgust kuni Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. G‘arb davlatlari 100 mingdan ortiq afg‘onistonlikni evakuatsiya qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz oqibatlarini yumshatish zarurligini maʼlum qilgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика