1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO kemalari Boltiq dengiziga kirdi

Mashg’ulotlar kelasi hafta o‘tkazilishi rejalashtirilgan

NATO kemalari Boltiq dengiziga kirdi

NATO kemalari harbiy mashg‘ulot o'tkazish uchun Boltiq dengiziga kirdi. Bu haqda “Коммерсантъ” xabar berdi.

 

NATOning SNMG1 tezkor javob guruhi kemalari Boltiq dengiziga kirdi. Ularning asosiy vazifasi Boltiqbo'yida ittifoqchilarning borligini namoyish etishdir. Harbiy kemalar Estoniya harbiy-dengiz kuchlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi, - deyiladi xabarda.

 

Estoniya dengiz kuchlari qo‘mondoni Yuri Sask kelasi haftada Estoniya dengiz piyodalari bilan birgalikda mashg‘ulotlar boshlanishi rejalashtirilganini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH atom suvosti kemasi Rossiya territorial suvlariga kirib kelgani ma’lum qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика