1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO Kosovaga qo'shimcha kuch yuboradi

Sababi mintaqada vaziyat keskinlashgan.

NATO Kosovaga qo'shimcha kuch yuboradi

 

NATO mintaqa shimolida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashgani fonida  Kosovoga qo‘shimcha bo‘linmalar yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

 

Qayd etilishicha, Shimoliy Atlantika kengashi Kosovoga “vaziyatni hal qilish uchun qo‘shimcha kuchlarni yuborishga ruxsat bergan”.

 

Shu bilan birga, qo'shimcha kuchlarning soni va qaysi davlatlardan jalb etilishi ko'rsatilmagan. KFOR NATO boshchiligidagi xalqaro kuch boʻlib, Kosovoda barqarorlikni taʼminlash uchun masʼul, BMT Xavfsizlik Kengashining 1999-yil iyundagi rezolyutsiyasiga muvofiq tuzilgan. Ayni paytda tinchlikparvar kuchlar soni 4300 nafarni tashkil etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida 500 ga yaqin turk batalyoni NATO kontingentiga qo‘shimcha kuch sifatida Kosovoga kelgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика