1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO kuchayishda davom etadi — Stoltenberg

Alyans bosh kotibi Yevropa xavfsizligi uchun yangi reallik paydo bo‘lganini qayd etgan.

NATO kuchayishda davom etadi — Stoltenberg

 

NATO o‘z sharqiy qanotini kuchaytirish rejalarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

 
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Shimoliy Atlantika bloki Ukrainadagi harbiy mojaro fonida fundamental o‘zgarishlar davrida turibdi. 
Stoltenberg ayni damda NATO sharqiy qanotida 40 ming harbiy joylashtirilganini ta’kidlagan. Bu esa bundan bir necha oy oldingiga nisbatan 10 barobarga ko‘p. Shuningdek, ushbu askarlar soni doimiy ravishda oshirib borilishi aytilgan. 

 

“Biz hozir ko‘rib turgan vaziyat — yangi reallik, Yevropa xavfsizligi uchun yangi odatiy holat. Biz harbiy qo‘mondonlarimizdan alyansning yangi reallikka moslashuviga tayyorlanishni so‘radik. Fikrimcha, NATOga a’zo davlatlar yetakchilari bu borada iyunda bo‘lib o‘tadigan Madrid sammitida bir qarorga keladi”, — degan u.

 

Avvalroq NATO davlatlari Rossiya bilan munosabatlar masalasida ikkiga ajralgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика