1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO mudofaa xarajatlari 2023-yilda rekord darajaga oshdi

Bu haqda NATO bosh kotibi maʼlum qildi.

NATO mudofaa xarajatlari 2023-yilda rekord darajaga oshdi

 

"O‘tgan yili biz Yevropadagi ittifoqchilar va Kanadada mudofaa xarajatlari 11 foizga oshganiga guvoh bo‘ldik", — deya maʼlum qildi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlarining yig‘ilishi arafasida.

 

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda NATOning 31 aʼzosidan 18 tasi yalpi ichki mahsulotining 2 foizini mudofaa xarajatlariga sarflash maqsadiga erishishi kutilmoqda.

 

"Bu yana bir rekord raqam. 2014 yilda NATOning faqat uchta davlati bu talabni bajargan", — dedi alyans bosh kotibi.

 

Shu bilan birga, Stoltenberg AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni alyansning kollektiv xavfsizligiga putur yetkazayotganlikda tanqid qilib, NATO o‘z aʼzolarini himoya qilishga tayyorligi borasida “Moskvada tushunmovchilikka o‘rin qoldirmaslik” kerakligini bildirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика