1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO o‘rtadagi tushunmovchiliklarga qaramay, Rossiya bilan muloqot olib borishi kerak — Yens Stoltenberg

NATO o‘rtadagi tushunmovchiliklarga qaramay, Rossiya bilan muloqot olib borishi kerak. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtondagi chiqishida maʼlum qilgan.

NATO o‘rtadagi tushunmovchiliklarga qaramay, Rossiya bilan muloqot olib borishi kerak — Yens Stoltenberg

 

 

"Bizda Rossiyaga nisbatan ikki xil munosabat bor: tiyib turish-mudofaa va muloqot. Biz kuchli bo‘lsak va birlasha olsak, Rossiya bilan gaplashishimiz mumkin. Moskva bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishimiz kerak, chunki biz yangi sovuq urush va qurollanish poygasini istamaymiz. Bundan tashqari Rossiya bizning qo‘shnimiz. Shuning uchun u bilan hamkorlik qilish zarur",— deya qayd etdi Stoltenberg.

 

Bosh kotibning taʼkidlashicha, alyans Moskvaga nisbatan ikki xil munosabatni davom etttiradi. Rossiya bilan ko‘plab umumiy masalalar, xususan, qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha muloqot olib borish zarurligi aytilgan.

 

Stoltenberg NATOning Xitoy bilan munosabatlariga to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, Pekinning iqtisodiy o‘sishi va harbiy imkoniyatlarining kengayishi alyans uchun ham chaqiriq hisoblanadi.

 

"Xitoyning rivojlanishi iqtisodiyot va savdo uchun ijobiy ahamiyatga ega. Shu bilan birga Pekinning o‘sishi NATO doirasidagi ittifoqchilar uchun jiddiy chaqiriq bo‘lib qolmoqda", — degan Stoltenberg.

 

U Pekinni dushman deb hisoblamasligini qayd etgan. Shuningdek, NATOning yangi strategik konsepsiyasida Xitoyga nisbatan aniqroq pozitsiya ko‘rsatilgani maʼlum qilingan. Stoltenberg Xitoy bilan ham hamkorlikni davom ettirishni muhim hisoblaydi. "Biz Xitoy bilan iqlim o‘zgarishi va qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiramiz", — degan u.

 

Аvvalroq "Оsiyo NATOsi" ning Vashingtonda uchrashgani hamda Stoltenbergning NATOni Afg‘onistondan ketish sabablarini aytgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика