Reuters ma'lumotlariga ko'ra, Litvada bo'lib o'tadigan NATO sammiti oldidan Vilnyus mudofaasi keskin kuchaytirilmoqda. Unga ko`ra, alyansdagi 16 ittifoqchi 1000 ga yaqin askar yubordi, deb yozadi agentlik. Ko'pchilik, shuningdek, Boltiqbo'yi mamlakatlarida uchramaydigan ilg'or havo mudofaa tizimlarini ham taqdim etdi.
"Bayden va 40 ta davlat rahbarlari kelganida osmonimizni himoyasiz qoldirish mas'uliyatsizlikdan ham ko'proq bo'ladi", — dedi Litva prezidenti Gitanas Nauseda.
Germaniya ballistik va qanotli raketalarni yoki jangovar samolyotlarni tutib olish uchun foydalaniladigan 12 ta Patriot komplekslarini joylashtirdi. Ispaniya Nasams havo mudofaa tizimini, Frantsiya Sezar o'ziyurar qurollarini etkazib berdi. Fransiya, Finlyandiya va Daniya Litvada harbiy samolyotlarni joylashtirmoqda, Buyuk Britaniya va Fransiya esa uchuvchisiz uchoqlarga qarshi mudofaa vositalarini yetkazib bermoqda, deb yozadi Reuters.
"Litva bizdan sammitni himoya qilishni so'radi, NATO ham Germaniyadan yordam so'radi. Bu bizning javobimiz", - dedi Patriotlarni joylashtirish qo'mondoni Steffen Lieb.
Ma`lumot uchun, 11-12-iyul kunlari Vilnyusda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi.


