1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Navalniyning jasadi onasiga topshirildi

Dafn marosimi qay tarzda o‘tishi hozircha nomaʼlum.

Navalniyning jasadi onasiga topshirildi

 

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning jasadi onasi Lyudmilaga topshirildi. Bu haqda uning matbuot kotibi Kira Yarmish xabar qildi.

 

“Dafn marosimi hali oldinda. Hukumat marosimni oilasi xohlaganidek va Alekseyga munosib tarzda amalga oshirishga xalaqit beradimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz”, deb yozgan kotib.

 

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Navalniy koloniyada vafot etganini xabar qilgan. Kira Yarmish so‘zlariga ko‘ra, Navalniy onasiga ko‘rsatilgan o‘lim haqidagi tibbiy xulosada uning o‘limi sabablari tabiiy ekani aytilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика