Ostonada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogida Navbahor Hamidova final jangida Olimpiada chempioni va uch karra jahon kubogi g‘olibi turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur g‘alaba orqali Hamidova avvalgi ikki mag‘lubiyat uchun munosib revansh oldi. U bunday yirik musobaqada oltin medal olgan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschiga aylandi.
Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunladi. Feruza Kazakova, Aziza Zokirova, Sohiba Ro‘zmetova va Oltinoy Sotimboyeva bronza medallariga sazovor bo‘ldi.


