1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Navbat Lukashenkoga: Belarus Ukrainaga qo‘shin kiritishi taxmin qilinmoqda

Oq uy Minskni Moskvaning davomi deb hisoblashi maʼlum qilindi.

Navbat Lukashenkoga: Belarus Ukrainaga qo‘shin kiritishi taxmin qilinmoqda

 

28 fevral kuni Belarus Ukrainaga qo‘shin kiritishi mumkin. Bu haqda AQSH prezidenti administratsiyasiga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

 

Vashington fikricha, Belarus dushanba kuniyoq qo‘shin kiritadi. "Minsk endilikda Kremlning davomi ekani aniq",– degan ismi sir qolishni istagan Oq uy amaldori.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlashini eʼlon qildi. Hozirda mamlakatning turli nuqtalarida janglar ketmoqda. G‘arb bunga javoban Moskvaga sanksiyalar joriy etdi. Qora ro‘yxatda Putin, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqa ko‘plab oliy martabali amaldorlar ham bor.

 

27 fevral kuni Ukraina tomoni Belarusda Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putinning matbuot kotibiga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика