1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navbat O‘zbekiston fuqarolariga

Rossiyaga Tojikiston fuqarolari qatorida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham kiritilmayapti.

Navbat O‘zbekiston fuqarolariga

So‘nggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va yer usti o‘tkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda.

 

Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, muhojirlarni mamlakatga kirish vaqtida ommaviy qo‘lga olish 24 aprelda boshlangan va 1 mayga kelib Rossiya aeroportlarida 4500 ga yaqin odam to‘plangan va xuddi shuncha odam yer usti nazorat punktlari orqali kiritilmagan.Qo‘lga olinganlarning to‘rtdan bir qismi tojikistonliklar bo‘lsa, qolgani O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.



O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirliklari hozircha holatga izoh bermagan.

 

Qo‘lga olinganlarning aksariyati bir-ikki kun ichida “deport” qilinadi, lekin baʼzi hollarda qaytarib yuborish bir haftagacha cho‘zilishi mumkin,— dedi Chupik.

 

24 apreldan buyon huquq himoyachisiga chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan muhojirlardan ikki yuzga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, odamlar och va suvsiz qolishgan, hatto hojatxonaga kira olishmayapti. Telefonlari olib qo‘yilgan va «hech qanday tushuntirish berilmaydi».

 

Rossiyadan muhojirlarni ommaviy chiqarib yuborish hali hech qachon bunchalik kuzatilmagan.

 

Rossiyadagi nazorat-o‘tkazish punktlaridagi muhojirlar muammolari haqida faqat Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ochiq xabar berdi. Shanba kuni vazirlik mamlakat fuqarolariga «o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilish»ni so‘radi.

 

Chorshanba kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakat fuqarolarining huquqlari va ikki tomonlama kelishuvlar buzilgani haqida gapirgan.

 

Bunga «ko‘rilayotgan chora-tadbirlar maʼlum bir millatga qarshi emas», deb  javob qaytargan  Lavrov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика