1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Zominda haydovchi piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchi hozirda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida.

Zominda haydovchi piyodani urib yubordi

 

Maʼlum bo'lishicha, Zomin tumani "O‘zbekiston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi Dashtobod — Zomin 4-R yo‘lining birinchi kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

 

Tumanning "Chorvador" MFYda yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Nexia” bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi.

 

Hodisa oqibatida "O‘zbekiston" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan jabrlanuvchi bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi, miya komasi, ikkala oyoq sidirilgan jarohati, travmatik shok og‘ir darajasi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика