1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Navoiy viloyati hokimi ishdan ketdi. Endi navbat tuman hokimlariga

Ishonchli manbalarning maʼlum qilishicha, Navoiyda yana uchta hokim ishdan olinishi kutilmoqda.

Navoiy viloyati hokimi ishdan ketdi. Endi navbat tuman hokimlariga

 

Xabaringiz bor, Prezidentning farmoni bilan Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Normat Tursunov hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

 

Ishonchli manbalarning maʼlum qilishicha, Navoiy shahar hokimi Bozorov Muhiddin Murtazoyevich, Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov va Karmana tumanida hokim vazifasida ishlayotgan Faxriddin Samatovich yaqin kunlarda ishdan olinishi kutilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovga hayfsan bergandi. Agar, chorak yakunigacha viloyatda ijobiy o‘zgarish bo‘lmasa, ishdan ketishini maʼlum qilgan edi.

 

Xabar hali rasman tasdiqlanmadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика