1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiy viloyatining ikkita tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Bu haqda viloyat hokimi tegishli qaror qabul qilgan.

Navoiy viloyatining ikkita tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

 

Bugun Navoiy viloyatining Xatirchi va Qiziltepa tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimi tegishli qaror qabul qilgan.

 

Viloyat hokimining qarori bilan Xatirchi tumani hokimi lavozimiga Umijon Adizov tayinlangan. U bugungi kunga qadar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, JXX boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

 

Shuningdek, ushbu qaror bilan viloyatning Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga Bekzod Bobomurodov tayinlangan. U ushbu lavozimga qadar, 2020 yil oktyabr oyidan buyon Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Ma’lumot uchun, Xatirchi tumanining sobiq hokimi Sayfiddin Nizomov 2023-yil 11-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida lavozimidan olingandi. Qiziltepa tumanining avvalgi hokimi Ulug‘bek Fayziyev esa viloyat hokimining qarori bilan lavozimdan ozod etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика