1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda bir yoshga to'lmagan farzandini 90 mln so‘mga sotayotgan ayol ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiyda bir yoshga to'lmagan farzandini 90 mln so‘mga sotayotgan ayol ushlandi

 

Navoiyda qiz bola chaqaloqni 90 mln so‘mga sotgan ona ushlandi, deya xabar bermoqda UzA.

 

Ma'lum qilinishicha, Navoiy viloyati DXX, ichki ishlar hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Ch. 2023-yilda tug‘ilgan qiz farzandini boshqa bir fuqaroga 90 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика