Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida erkak markaziy poliklinika binosi 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborganligi haqida videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa Navoiy shahrida sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot olingan. Hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
“Natijalari haqida keng jamoatchilikka batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.


