1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda erkak portlovchi moddalar bilan qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Navoiyda erkak portlovchi moddalar bilan qo‘lga tushdi

 

Navoiy viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan portlovchi moddalarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro K.H.ga oltin konlarida noqonuniy ravishda oltin zarrachalari mavjud qumlarni qazib olishda portlatish va oltin qazib olish ishlariga “sherik” sifatida qo‘shish evaziga portlovchi moddalardan qo‘lbola usulda tayyorlangan 14 dona qurilmani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy moddalarning, portlash vositalarining yoki portlash qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика