1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Navoiyda ikki nafar o‘qituvchiga avtomobil sovg‘a qilindi

Mazkur o‘qituvchilarning 100 ga yaqin o‘quvchilari Oliy taʼlim muassasaga o‘qishga qabul qilingan.

Navoiyda ikki nafar o‘qituvchiga avtomobil sovg‘a qilindi

 

Xalq taʼlimi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Navoiy viloyati Navbahor tumanida o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan o‘quvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelayotgan ikki nafar o‘qituvchiga prezident sovg‘asi sifatida “Cobalt” avtomobili sovg‘a qilindi.

 

Avtomobil sovg‘asi topshirilgan 1-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Sohiba Navro‘zova hamda 20-maktabning geografiya fani o‘qituvchisi Obidjon Saidahmedov o‘z faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishiga hissa qo‘shgan.

 

Maʼlumot uchun: Navbahor tumanida o‘tgan 2021-yil bitiruvchilarining 76,6 foizi OTMga o‘qishga kirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat Bobonov Prezident sovg‘a qilgan uyni borib ko‘rgani hamda Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Rayhona Qodirovaga "Nexia 3" avtomobili sovg‘a qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика