Navoiy viloyatining Karmana tumanida isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Karmana tumanida joylashgan Samarqand YPX maskanida Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Asli buxorolik 30 yoshli fuqaro harakatlanib kelayotgan mashina yukxonasida va yo‘lovchi o‘rindig‘i ustida isteʼmolga yaroqsiz 10 bosh qo‘y go‘shti borligi aniqlangan.
Mahsulot tashish qoidalariga zid, shuningdek hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgani sababli fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.


