Navoiyda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
Maʼlum qilinishicha, YTH 9 noyabr kuni soat taxminan 16:00 larda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Navoiy-Uchquduq” yo‘lida sodir bo‘lgan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan transport vositasini quvib o‘tish jarayonida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Exeed mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida bir kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonada vafot etgan.
Hozirda YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, YTH sabablari va aniq xulosalar tergov jarayonida maʼlum bo‘ladi.


