1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda poyezd kuzatuvchisi sud qilindi

U kupeni pul evaziga ijaraga bergan.

Navoiyda poyezd kuzatuvchisi sud qilindi

O‘zbekistonda poyezd kuzatuvchisi kupeni pul evaziga ijaraga bergani uchun sud javobgarligiga tortildi. Unga ikki yil axloq tuzatish ishlari belgilandi.

 

2024-yil 21-fevral kuni Olot–Toshkent yo‘nalishida kuzatuvchi kupeni 300 ming so‘m evaziga yo‘lovchiga taqdim etgan. Holat Qiziltepa stansiyasida aniqlangan.

 

Tekshiruv davomida kuzatuvchi bu harakatni bir necha bor takrorlagani ma’lum bo‘ldi. Voqeaga aloqador yo‘lovchi keyinchalik huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.

 

Qiziltepa tuman sudi unga Jinoyat kodeksining 131-moddasi asosida hukm chiqardi. Kuzatuvchi ish haqining 20 foizini davlatga to‘laydi va 1,5 yil davomida temir yo‘l tizimida ishlash huquqidan mahrum etildi.

 

                                                                                                                                                   Muborak Nurmatova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика