1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Navoiyda XIX asrga tegishli tanga va qog‘oz kupyuralarni xorijga olib chiqib ketayotgan shaxslar aniqlandi

Navoiy viloyatida bojxona xodimlari 1,5 asr avval chop etilgan pullarni olib chiqib ketayotgan shaxslarni aniqladi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Navoiyda XIX asrga tegishli tanga va qog‘oz kupyuralarni xorijga olib chiqib ketayotgan shaxslar aniqlandi

 

 

Maʼlum qilinishicha, Navoiy aeroporti chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro P.S. hamda D.T.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortgan va ushbu shaxslar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada ushbu fuqarolarga tegishli bo‘lgan sumka ichida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan 14 dona tanga va 8 dona qog‘oz kupyuralar borligi aniqlandi.

Mazkur holatda fuqarolar O‘zbekistonning 1998 yil 29 avgustdagi «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi 678-I-sonli qonunning 8-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi nizom talablarini buzishga uringan va ular kupyuralarni noqonuniy tarzda olib chiqishga uringan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика