Maʼlum bo‘lishicha, 6 noyabr kuni AT Xalq banki Nurota tuman filiali boshqaruvchisi Pirmatov Temurmalik, bosh hisobchisi Saidov Muzaffar, Monitoring bo‘limi boshlig‘i Ravshanov Yunusjon mudhish avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, avariya sodir qilgan ikkinchi mashinada ham 5 kishi yonib ketgan va voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.
Jami 8 kishi qurbon bo‘lgani aytilayotgan mazkur avtohalokat bo‘yicha hozircha Navoiy ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy maʼlumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda YTH oqibatida bir kishi olamdan o‘tgani va viloyatning Nurota tumani markaziga harakatlanayotgan “Nexia” avtomobil yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida mashina ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


