1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiydagi oltin koni shaxtasidan 30 yoshli erkakning jasadi topildi

Erkak shaxtaga oltin moddasi bo‘lgan ma’danli toshlarni talon-toroj qilish maqsadida borgan.

Navoiydagi oltin koni shaxtasidan 30 yoshli erkakning jasadi topildi

 

Navoiy viloyatidagi "Zarmitan" oltin koniga qarashli yordamchi shaxtadan 30 yoshli erkakning jasadi topildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan Navoiy viloyat IIB Tergov bo‘linmasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

 

Aniqlanishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumani Baxshijar mahallasi Qang‘li qishlog‘ida yashovchi N.O, 2023 yilning 25 dekabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati Janubiy kon boshqarmasiga qarashli Zarmitan koni yer osti shaxtasidan, tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ma’danli toshlarni talon-toroj qilish maqsadida borgan.

 

2024-yilning 15-yanvar kuni soat 19:00 larda, shaxtadan chiqish uchun arqon bilan chiqayotgan vaqtida, arqon uzilib ketishi oqibatida N.O. chukurligi 10-15 metrlik pastlik tomon tushib ketgan va og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

 

Ushbu holat yuzasidan N.O.ning olgan tan jarohati buyicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat IIB NKMK IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика