1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiydagi turmada mahkum o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

U choyshabdan sirtmoq yasab, kamera derazasiga o‘rnatilgan temir panjaraga o‘zini osgan.

Navoiydagi turmada mahkum o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

 

Bugun.uzning maʼlum qilishicha, Navoiy viloyatining Navoiy shahrida 25 dekabr kuni soat 14:40 larda IIV JIEK qoshidagi turma uchastkasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum o‘z joniga qasd qilgan. U choyshabdan sirtmoq yasab, kamera derazasiga o‘rnatilgan temir panjaraga o‘zini osishi oqibatida vafot etgan.

 

Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan bo‘lib, uning o‘z joniga qasd qilish sabablari o‘rganilmoqda. Shuningdek, maxsus prokuratura surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

 

Bizdagi maʼlumotlarga ko‘ra, 24 yoshli mahkum Samarqand viloyati Toyloq tumani sudining 2021 yil 10 noyabrdagi hukmiga kura, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-kismi (Qasddan odam o‘ldirish) va 60-moddalari (Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bilan 14 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

2022 yilning 23 noyabr kuni Toshkent viloyati Olmalii shahar sudining hukmiga kura, u JKning 221-moddasi 2-qismi (Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) va 60-moddalari bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, Toshkent viloyati sudi apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 21 fevraldagi ajrimiga asosan jazo muddati 14 yilga keltirilgan. Maʼlum bo‘lishicha, shu yilning 30 may kuni Koson tumani sudining ajrimiga asosan o‘talmay qolgan 13 yil 4 oy jazo muddatining 3 yilini turma tartibida o‘tash belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика