1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Navoiylik 6 fuqaro oltin kukunini pullamoqchi bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Navoiylik 6 fuqaro oltin kukunini pullamoqchi bo‘ldi

 

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar ularning ishonchiga kirgani va 50 ming AQSH dollari evaziga 11,5 kg oltin kukunini sotishini maʼlum qilgan. Shuningdek, ular oltinni Samarqand shahriga olib kelib berishlarini aytganligini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.  

 

Unga ko‘ra, Samarqand tumani “Yangiobod” MFYda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 6 nafar shaxslar ariza mualliflariga 11,575 kg oltin kukunini 50 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика