1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Neft, gaz, Ukraina

Putin Tehronda jurnalistlar savollariga javob berdi

Neft, gaz, Ukraina

 

Vladimir Putin Tehronga tashrifi davomida OAV bilan suhbat ham o‘tkazdi. Unda Ukraina, neft va gaz eksporti va Suriya masalalari haqida gap boradi.

 

“Ostona formati” uchligi uchrashuvi yakunlari haqida

Putin Turkiya va Eron prezidentlari bilan o‘tgan uch tomonlama uchrashuv yakunlari haqida gapirar ekan, tomonlarning Suriya hududiy yaxlitligini saqlash va terrorizmdan holi hududga aylantirish tarafdori ekanini maʼlum qilgan. Shu bilan birga uchlikning Frot bo‘yidagi ayrim masalalarda fikri bo‘lak ekanligi, ammo AQSH qo‘shinlarining Suriya hududini tark etishi zarurligi taʼkidlangan.

 

Ukraina bilan muzokaralar

 

“Har qanday muzokaralar yakuni tomonlarning erishilgan kelishuvlarni bajarish istagiga bog‘liq. Ammo biz Kiyevda bunday istak yo‘qligini ko‘ryapmiz”, – degan RF yetakchisi.

 

Putin mart oxirida Istanbulda amalda kelishuvga erishilganini, faqatgina uni punktlarga bo‘lib chiqish qolganini ochiqladi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Markaziy Ukrainadan olib chiqilgach, rasmiy Kiyev shartlarni bajarishdan bosh tortgan.

 

Ukraina g‘allasini eksport qilish

 

Putin Rossiya Ukrainadan don olib chiqib ketilishiga qarshi emasligini, ammo rus g‘allasi eksportiga qo‘yilgan cheklovning olib tashlanishi kerakligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muhokama qilingan.

 

Yevropaga gaz yetkazib berish

 

“Yevropa davlatlari energetika siyosati haqida gap borar ekan, ular energiyaning anʼanaviy turlarining ahamiyatini anglamadi va noanʼanaviy  turlarga eʼtibor qaratdi. Ular noanʼanaviy munosabatlar bo‘yicha katta mutaxassis, buni energetikaga ham joriy etmoqchi bo‘lishdi."Gazprom" doim o‘z majburiyatlarini bajargan, bajaryapti va bundan buyon ham bajaradi”, – degan Kreml rahbari.

 

Shu bilan birga u Ukrainani gaz yetkazib berish yo‘nalishlaridan birining hech qanday sabablarsiz yopib qo‘yganini maʼlum qilgan. Putin “Shimoliy oqim-1” gaz quvuri faoliyatida muammolar borligini ham aytgan. Shuningdek, “Shimoliy oqim-2”ning ishga tushirishga tayyor ekanini taʼkidlagan.

 

Rossiya neftining narxiga cheklovlar o‘rnatish

 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu chora amalga oshirilgan taqdirda neft narxi “osmon barobar ko‘tariladi”.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика