Payshanba kungi so‘nggi auksionda ushbu markadagi neftning bir barrel narxi 106,78 dollarga yetdi va kunni 103,86 dollar darajasida yakunladi.
22-iyul soat 09.15 holatiga ko‘ra, etalon neft narxi 1,21 foizga oshib, bir barreli 105,12 dollarni tashkil qildi. WTI rusumli neftning bir barreli fyuchers narxi 97,53 dollarni tashkil etdi.
Narxlarning oshishi davom etayotgan geosiyosiy xatarlar va rossiya energetika resurslariga qarshi sanksiyalar fonida jahon neft yetkazib berishning qisqarishi haqidagi xavotirlar bilan bog‘liq.
Osiyoda o‘sib borayotgan talab va iyun oyida Hindistonda benzinga bo‘lgan rekord talab ham neft narxining oshishiga yordam beradi. Biroq narxlarning o‘sishiga dunyodagi eng yirik neft isteʼmolchilaridan biri bo‘lgan AQSHda talabning pastligi, shuningdek, dollar bilan bog‘liq vaziyat va iqtisodiy tanazzuldan qo‘rquvning kuchayishi to‘sqinlik qilmoqda.


