1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Neft narxi Xitoyda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli 4 foizga arzonlashdi

Neft narxi tushishiga yana bir sabab — yamanlik isyonchilarning Saudiya Arabistonidagi neft obyektlariga hujumlarni to‘xtatishi.

Neft narxi Xitoyda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli 4 foizga arzonlashdi

 

Neft narxi Xitoyda koronavirus avj olgani va unga bo‘lgan talab pasayib ketishi mumkinligi sababli 4 foizga tushib ketdi. Bu haqda Forbes xabar berdi

 

ICE birjasidagi savdo maʼlumotlariga ko‘ra, Brent neftining narxi 28 mart kuni 4 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi. Savdolar davomida may fyucherslari 4,4 foizga tushib, bir barrel uchun 115,35 dollargacha kamaydi.

 

Nymex birjasida WTI nefti narxi 4,2 foizga tushib, barreli uchun 109,67 dollargacha pasaydi. Savdo paytida kamida 4,9 foizga tushish kuzatildi.

 

Qayd etilishicha, neft bozoridagi narxlar 25 mart kungi sakrashdan keyin pasayib bormoqda. O‘shanda Saudiya Arabistonidagi neft obyektlariga raketa hujumi sodir etilgani haqidagi xabarga natijasida Londonning ICE Futures birjasida Brent uchun may fyucherslari bir barrel uchun 120,65 dollarga yetdi, WTI neftining narxi bir barrel uchun 113,43 dollardan oshdi.

 

Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli unga bo‘lgan talab kamayishidan qo‘rqib, neft arzonlashmoqda. Avvalroq Shanxay hukumati dushanba kunidan boshlab to‘rt kunga shaharning yarmini COVID-19‘ga ommaviy sinovdan o‘tkazish uchun to‘sib qo‘yishini eʼlon qilgan edi. Shundan so‘ng to‘rt kun davomida shaharning ikkinchi yarmida cheklovlar joriy etiladi.

 

«Oldin boshdan kechirganimizdek, sayohat cheklovlari tufayli talab pasayib ketishidan xavotir bor», — dedi UBS Group tahlilchisi Jovanni Staunovo.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, narxning pasayishiga sabab bo‘lgan yana bir omil — Saudiya Arabistoniga hujumlarda uch kunlik tanaffus eʼlon qilgan yamanlik isyonchi hutiy yetakchisining bayonotidir.

 

Bundan tashqari, Rossiya nefti sanksiyalar va obro‘siga dog‘ tushishidan qochishga intilayotgan G‘arb xaridorlari tomonidan ommaviy rad etilganiga qaramay, bozorga kirib kelayotgani alomatlari fonida neft narxi pasaymoqda.

 

Vortexa agentligining qayd etishicha, Rossiya neftining Osiyoga oqimi oshib bormoqda, Boltiqbo‘yi va Qora dengiz portlaridan sharqqa eksport qilinadigan neftning ayrim navlari 1–23 mart oralig‘ida so‘nggi ikki yildagi eng yuqori darajaga yetgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика