Farg‘onaning “Neftchi” klubi O‘zbekiston Superligasining 2025-yilgi mavsumida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa 29-turda “Qizilqum” ustidan 4:1 hisobida zafar quchib, yetakchilikni mustahkamlab oldi.
Mazkur chempionlik “Neftchi” uchun tarixiy ahamiyatga ega. Klub so‘nggi bor 2001-yilda mamlakatning eng kuchli jamoasi sifatida musobaqani yakunlagan edi. O‘tgan 24 yillik tanaffusdan so‘ng farg‘onaliklar yana peshqadamlikka qaytdi.
Uchrashuvda mezbonlar safida Alisher Odilov, Jamshid Iskanderov va Ibrohimxalil Yo‘ldoshev gol urgan bo‘lsa, “Qizilqum”ning yagona javob goliga Shohruz Norxonov mualliflik qildi. Ushbu natijadan keyin “Neftchi” 64 ochkoga ega bo‘lib, ikkinchi o‘rindagi 59 ochkoli “Paxtakor”dan o‘zib ketdi va chempionlikni muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.


