Pelosining aqsh va Xitoy o‘rtasida ochiq mojaroga sabab bo‘lgan Tayvanga safari 2 avgust kuni amalga oshgan. Pelosi 3 avgust kuni Tayvan rahbari Say Inven bilan uchrashgan va parlament oldida nutq so‘zlagan.
Bu AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikerining 1997 yildan beri orolga birinchi tashrifi hisoblanadi.
Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi va u bilan Pekin diplomatik aloqalarga ega bo‘lgan davlatlar rasmiylari va harbiylari o‘rtasidagi har qanday aloqaga qarshi. Pelosining tashrifi fonida Xitoy xalq ozodlik armiyasi Tayvan qirg‘oqlarida bir qator harbiy amaliyotlar va mashg‘ulotlarni boshlagan.


