1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nepalda Moliya vaziri namoyishchilar tomonidan kaltaklandi

Katmanduda ikki kun ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning bloklanishi norozilikni kuchaytirgan.

Nepalda Moliya vaziri namoyishchilar tomonidan kaltaklandi

Bugun, 9 sentyabr kuni Nepal Moliya vaziri Bishnu Prasad Paudel Katmandu ko‘chalarida namoyishchilar hujumiga uchradi. Internetda tarqalgan videoda vazir qochishga urinayotgan paytda, bir namoyishchi uni tepib yuboradi, natijada Paudel devorga urilib yiqiladi.

 

Norozilik namoyishlari davomida sobiq bosh vazir va Kongress partiyasi rahbari Sher Bahodur Deuba hamda uning rafiqasiga hujum qilingan, namoyishchilar esa Prezident qarorgohi hududiga kirib borgan.

 

Katmanduda ikki kundan beri ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar bloklangan, bu esa norozilikni yanada kuchaytirgan. Namoyishchilar davlat ishlarida oshkoralik va adolatni talab qilmoqda.

 

Zo‘ravonliklar natijasida 500 ga yaqin odam jarohatlangan. Hukumat parlament va shahar markazidagi muhim hududlarga komendantlik soati joriy qilgan. Shu voqealarga javoban Nepal hukumati tarkibidagi Ichki ishlar, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash va Suv ta’minoti vazirlari iste’fo berdi. Bosh vazir Sharma Oli partiyalararo yig‘ilish o‘tkazishini e’lon qilgan bo‘lsa-da, Katmandu markazida yangi to‘qnashuvlardan so‘ng mamlakat Prezidenti Ramchandra Paudel Sharma Olini iste’foga chiqardi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика