Nepalda “Yeti Airlines” aviakompaniyasining ATR 72 yo‘lovchi samolyoti Katmandudan Poxaraga uchayotgan vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.
Layner Poxara aeroportiga qo‘nishdan oldin qulab tushgan va yonib ketgan. Samolyot bortida 72 kishi — 68 yo‘lovchi, jumladan, olti nafar bola va to‘rt nafar ekipaj aʼzosi bo‘lgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, bortdagilarning barchasi halok bo‘lgan. Hozirgacha 16 kishining jasadi topildi.
Yo‘lovchilar orasida 10 nafar xorijlik — besh nafar Hindiston fuqarosi, bir nafar irlandiyalik, ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi va to‘rt nafar rossiyalik bo‘lgan. Rossiyaning Nepaldagi elchixonasi allaqachon vatandoshlarining o‘limini tasdiqlagan.
Nepal bosh vaziri Pushpa Kamal Dahal hodisa yuzasidan hukumatning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.


