1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nepallik alpinist Everest cho‘qqisini 31-marta zabt etdi

Kami Rita Sherpa Everestni 31-marta zabt etib rekordini yangiladi.

Nepallik alpinist Everest cho‘qqisini 31-marta zabt etdi

Nepallik mashhur alpinist Kami Rita Sherpa dunyoning eng baland nuqtasi — Everest cho‘qqisiga 31-marta muvaffaqiyatli ko‘tarilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan rekordni yangiladi.

 

"Seven Summit Treks" kompaniyasi ekspeditsiya direktori Chhang Dava Sherpaning so‘zlariga ko‘ra, tarixiy ko‘tarilish 2025-yil 27-may kuni tonggi soat 04:00 atrofida amalga oshirilgan. Ushbu muvaffaqiyat, Kami Rita Sherpaning alpinistik faoliyatidagi navbatdagi yirik yutug‘i sifatida qayd etilmoqda.

 

So‘nggi ikki yil ichida u har bir mavsumda ikki martadan Everestni zabt etib, umumiy ko‘tarilishlar sonini 30 taga yetkazgandi. Bu safargi yurish davomida u Hindiston armiyasining Everest ekspeditsiyasiga yetakchilik qilgan.

 

Alpinist Kami Rita Sherpa 1970-yil 2-yanvarda tug‘ilgan. U tog‘ hayotiga yoshlikdan oshno bo‘lgan va 1994-yilda ilk bor Everestga ko‘tarilgan. O‘shandan beri tog‘lar bilan do‘stlikda yashab kelmoqda. Faqat Everest emas — u dunyoning eng qiyin va xavfli tog‘laridan hisoblangan K2 va Lxotsega bir martadan, Manasluga uch marta, Cho Oyu cho‘qqisiga esa sakkiz marotaba muvaffaqiyatli chiqqan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика