1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Netanyahu Isroilda sudlanmoqda

Sud majlislari yer osti sud zalida bo‘lib o‘tdi.

Netanyahu Isroilda sudlanmoqda

Bosh vazir Tel-Aviv sudida unga qarshi ochilgan mansabni suiisteʼmol qilish, korrupsiya va firibgarlikka oid uchta ish bo‘yicha birinchi ko‘rsatmalarini berdi. Binyamin Netanyahu o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni “yovvoyi va kulgili”, sud jarayonining o‘zini esa “bemaʼnilik” deb atadi. Shuningdek, u “yetti frontda urush olib borib, mamlakatni boshqarayotganini” aytdi.

 

Sud majlislari xavfsizlik nuqtai nazaridan Ierusalimdan ko‘chirilgan yer osti sud zalida bo‘lib o‘tdi. Binoda Netanyahuning bir necha o‘nlab tarafdorlari va muxoliflari yig‘ildi. Muxolifat siyosatchi ustidan sudning adolatli ko‘rilishini talab qildi.

 

Navbatdagi yig‘ilish bugun, 11 dekabr  kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh vazir dekabr oyining oxirigacha haftasiga uch marta, kuniga olti soatdan guvohlik berishi kerak. Ishni ko‘rib chiqish bir necha yilga cho‘zilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика