1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Netanyaxu BMTda nutq so‘zlaganda zalda O‘zbekiston ham bo‘lmagan

Isroil Bosh vaziri BMTda nutq so‘zlaganda zalni tark etganlar va zalda bo‘lmaganlar ro‘yxati eʼlon qilindi.

Netanyaxu BMTda nutq so‘zlaganda zalda O‘zbekiston ham bo‘lmagan

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning BMTdagi nutqi davomida 77 ta davlat delegatsiyasi zalda bo‘lmagan yoki chiqib ketgan. Bu haqida Isroil rasmiysi maʼlum qildi.

 

Delegatsiyalar orasida Isroil qo‘shnilari – Misr, Iordaniya, Livan va Suriya, shuningdek Eron, Turkiya va Saudiya Arabistoni ham bor. Rasmiylar taʼkidlashicha, ayrimlari shunchaki ertalabki majlisga kelmagan, Netanyaxuning nutqi esa kun tartibida birinchilardan bo‘lgan.

 

Masalan, Pokiston delegatsiyasi nutq boshlanishida zalni tark etdi, ammo tashqarida qolib kuzatgan. 

 

Shu bilan birga, Bahrayn va BAA – 2020 yilgi «Abram» kelishuvining imzochilari – zalda qolib, nutqni tinglashni maʼqul ko‘rishdi. Bu Isroil bilan munosabatlarda sovuqchilik bo‘lishiga qaramay kuzatildi.

 

Netanyaxuning nutqidan ko‘ra zalning bo‘shab qolishi xalqaro va arab matbuotida asosiy voqea sifatida keng yoritildi. Isroil esa qatnashmagan yoki chiqib ketgan 77 davlatning to‘liq ro‘yxatini eʼlon qildi. Ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlatlari ham bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика