Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 11-fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda uchrashadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvning asosiy mavzusi AQSH va Eron o‘rtasida olib borilayotgan muzokaralar, xususan, Eronning yadro dasturi va uning mintaqadagi ta’siri bilan bog‘liq masalalar bo‘ladi.
Netanyaxu ofisi bayonotiga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri muzokaralarda Eronning ballistik raketa dasturi va uning mintaqadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashini cheklash masalalariga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.
Uchrashuv AQSH va Eron o‘rtasidagi diplomatik jarayonlar fonida o‘tkazilmoqda. Xususan, Maskatda o‘tkazilgan bilvosita muzokaralar natijalari yuzasidan ayrim ma’lumotlar oshkor bo‘lgan va tomonlar bu borada o‘z pozitsiyalarini bildirgan.


