1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Neymar Parijdan ketmayman deyapti

Futbolchi “PSJ”ni tark etishdan bosh tortdi.

Neymar Parijdan ketmayman deyapti

 

 

“PSJ”ning braziliyalik hujumchisi Neymar jamoani tark etishdan bosh tortdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, “PSJ” bir nechta o‘yinchilardan qutulishga tayyor. Bir mavsumda taxminan 50 million yevro maosh oladigan Neymar jamoaning transferlariga kiritilgan nomzodlardan biri. Biroq futbolchi klubga ketish niyati yo‘qligini aytgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Neymar 2017 yildan beri “PSJ”da o‘ynab kelmoqda. U “Barselona”dan 222 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Bu transfer jahon futbolida sarflangan mablag‘ bo‘yicha rekord bo‘lib qolmoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Liga 1ning 22 o‘yinida 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика