1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Neymar Saudiyadan ketadi

U jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqchi.

Neymar Saudiyadan ketadi

 

Braziliyalik hujumchi Neymar Saudiya Arabistoni chempionatini tark etishi mumkin. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko'ra, Neymar 2026-yilda bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etishga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun kelasi mavsum yakunida Braziliyaning "Santos" klubiga qaytish niyatida.

 

Qayd etilishicha, Neymarning atrofidagilar u "Al-Hilol" bilan to'rt yillik emas, balki bir yillik shartnoma imzolaganini ta'kidlamoqda.

 

Shuningdek, Neymar JCh-2026 boshlanishidan bir yil avval “Santos”ga klubga qaytish iltimosi bilan shaxsan murojaat qilgani xabar qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, Neymar yozgi transfer oynasida “Al-Hilol”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Neymar klub safida uchta o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика