1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Niderlandiya maktab o‘quvchilariga mobil telefonlardan foydalanishni taqiqladi

Biroq ayrim o‘quvchilar uchun istisnolar ko‘zda tutilgan.

Niderlandiya maktab o‘quvchilariga mobil telefonlardan foydalanishni taqiqladi

 

Niderlandiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi. Hukumat saytida yozilishicha, taqiqlov 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi

 

Telefonlar bilan birga, darslarda smart-soatlar va planshetlardan foydalanish ham man etiladi.

 

Faqat bu qurilmalar kerak bo‘ladigan raqamli savodxonlik darslari hamda sog‘lig‘i yoki nogironligi sababli bu qurilmalardan foydalanishi shart bo‘lgan o‘quvchilar uchun istisnolar ko‘zda tutilgan.

 

Maktablar taqiqlov bo‘yicha aniq qoidalarni o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar bilan o‘zaro kelishgan holda belgilab olishi mumkin.

 

“Mobil telefonlar deyarli hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lishiga qaramasdan, ularga sinfxonalarda o‘rin yo‘q. O‘quvchilar diqqatlarini jamlash va yaxshi tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim.

Ilmiy tadqiqotlardan bilamizki, mobil telefonlar taʼlim jarayonini buzadi”, — deydi Niderlandiya taʼlim, madaniyat va fan vaziri Robbert Deykgraaf.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика